Constitutional reforms in Uzbekistan

https://duny o.info/uz/site/blog/konstitutsiyaviy_islohotlar

https://dunyo.info/ru/site/blog/konstitutsionnaya_reforma



Mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zarurati bor
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy sud, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman, tumanlararo va shahar sudlari raislari, sudyalari va xodimlar ishtirok etdi. 
Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlat barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. 
Batafsil....

Fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanmoqda
Favqulodda vaziyatlar vazirligida konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan muhokama-munosabat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu esa Bosh qomusimizda "Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat" tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash hamda davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.  
Batafsil.....

Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir
Parlament quyi palatasi deputati U.O‘rozboyev O‘zXDP Jizzax viloyati kengashining targ‘ibotchi guruh faollari bilan "Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir" degan tamoyil asosida uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan deputat U.O‘rozboyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarga bo‘lgan ehtiyoj xalqimizning xohish-istagi, siyosiy irodasi, ezgu maqsadlari ifodasi hamda demokratik islohotlarning mantiqiy davomi o‘laroq vujudga kelganini alohida ta’kidladi. 
Batafsil.... 

Konstitutsiyaviy islohotlar inson qadri va manfaati uchun

Mamlakatimiz muhim siyosiy-ijtimoiy jarayon, keng ko‘lamli konstitutsiyaviy islohotlar bo‘sag‘asida turibdi.

Har bir insonning sha’ni va qadr-qimmati, farovonligi hamda manfaatlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan, insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy davlatni barpo etish kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy tizimni yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy islohotlar uchun 9 ta zaruratni belgilab berdi.
Batafsil...


Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Joriy yil 28-iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda davlat rahbarining taklifiga binoan joriy yilda mamlakatimiz Konstitusiyasini isloh qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rishga doir masalalar muhokama qilindi.
Batafsil....


Ijtimoiy fikr: 83% respondentlar konstitutsiyaviy islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi

Konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirishda jamoatchilik fikrini o‘rganishga alohida ahamiyat berilishi lozim. Jamoatchilik fikri so‘rovi fuqarolarning fikrini aniqlash va hisobga olish, uni tizimlashtirishning samarali usuli hisoblanadi.

"Ijtimoiy fikr" RJFO‘M Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni haqida jamoatchilik fikrini o‘rganishga bag‘ishlangan kompleks tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, umuman 88% so‘rov ishtirokchilari  O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar to‘plash jarayoni boshlanganidan xabardor. Bu mamlakatda kechayotgan siyosiy jarayonlarga jamoatchilik keng qatlamlarining jalb etilganligidan, davlat taqdiri uchun fuqarolarning daxldorlik va javobgarlik hissidan dalolat beradi.

Batafsil....


Konstitutsion qonun loyihasi 25-iyundan 5-iyulgacha umumxalq
 muhokamasiga qoʻyildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi Yalpi majlisi yakunlandi.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi o'qishda ma’qullanib, umumxalq muhokamasiga qo'yish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Batafsil.....


Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Bugun, 22 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida OAV vakillari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalari tomonidan brifing o‘tkazildi.
Batafsil.....



Prezident: Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta’minlash – barchamizning bosh maqsadimizdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuqlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelmoqda. Shu bilan birga, hayot ham, xalqimizning dunyoqarashi ham o‘zgarmoqda.

So‘nggi yillarda fuqarolar tomonidan Konstitutsiyamizni takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab fikrlar bildirib kelinayotgan edi. Shuni inobatga olib, joriy yil 20-may kuni Oliy Majlis palatalari Kengashlari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. O‘tgan bir oy davomida mazkur komissiyaga xalqimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari aholining bunday faolligini, mamlakatimiz kelajagiga daxldorlik hissini yuksak baholab, konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Batafsil.....

https://dunyo.info/uz/site/blog/konstitutsiyaviy_islohotlar

https://dunyo.info/ru/site/blog/konstitutsionnaya_reforma