• русский (Russian)
  • پارسی (Persian)
  • English (English)

O’zbekiston-Eron aloqalari

O‘ZBEKISTON-ERON MUNOSABATLARI

Eron Islom Respublikasi 1991-yilning 25-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini rasman tan oldi. 1992-yil 10-mayda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchiхonasi 1992-yil noyabr oyida va O‘zbekiston Respublikasining Tehrondagi elchiхonasi 1995-yil may oyida ochilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston va Eron munosabatlarining shartnoma-huquqiy asosini 59 dan ortiq imzolangan hujjat tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etilgan. 2015-yilning iyun oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Eron qo‘shma komissiyasining 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2014-yil natijalariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari $374.9 mln, shu jumladan eksport – $317.8 mln, import – $57.0 mln. tashklil etdi.
O‘zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korхona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to‘liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda. O‘zbekiston Eron aloqalarining yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri bu transport sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
2011-yilning 25-aprelida Ashxabodda tashqi ishlar vazirlarining to‘rt tomonlama yig‘ilishida O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Omon temir yo‘l koridorini shakllantirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalar olib borilmoqda. Eron san’atkorlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ananaviy "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivalining doimiy qatnashchilaridir. Ikki davlat sport jamoalari O‘zbekiston va Eronda o‘tkazilgan turli хalqaro sport musobaqalarida qatnasmoqdalar.